Yangiliklar
Farg‘ona shahridagi tadbirkorlar uyi faollar zalida kengaytirilgan yig‘ilish o'tkazildi
3-dekabr 2024-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-393-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarda "Jasorat maktablari" tashkil etish maqsadida tadbir tashkillandi
Xabaringiz bor, mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, ularning barcha yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha belgilangan keng ko‘lamli vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘grisida"gi PQ-393-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarda "Jasorat maktablari" tashkil etish maqsadida Farg‘ona viloyatiga Maktabgacha va maktab ta'limi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya mas'ullari tashrif buyurishdi.
Farg‘ona shahridagi tadbirkorlar uyi faollar zalida ular ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o'tkazildi.
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari viloyatdagi maktablarning chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda PQ-393-sonli qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.