Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Quvasoy shahrida shoir Hamid Olimjon tavalludining 115 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

10-dekabr 2024-yil
image

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosarlari Sherzod Polvonov, Xurshid Axmedov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va shahardagi tegishli mutasaddi idoralar vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Bugun Quvasoy shahrida shoir Hamid Olimjon tavalludining 115 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari Sherzod Polvonov, Xurshid Axmedov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va shahardagi tegishli mutasaddi idoralar vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbirda so‘z olganlar adabiyotga, so‘z san’atiga yurtimizda alohida e’tibor ko‘rsatilayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Shu ma’noda hiyobonda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari shoir Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzi ekanligi aytib o‘tildi va haykal poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.

Shundan so‘ng, yangi ta’mirlangan mahalla binosi va undagi "Mahalla yettiligi" faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, mahalla binosida tashkil etilgan yangi zamonaviy kutubxona hamda shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey faoliyati bilan tanishdilar. 

Tantanali tadbir yurtimizda davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish marosimi bilan davom etdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb