Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
6-dekabr 2024-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Dang‘ara tumanida joylashgan 6-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yetarli sharoit yaratilmagani, tozalik talablariga rioya qilinmayotgani, xonalarning sovuq va ta’mirtalab holatdaligi, shuningdek, oziq-ovqat sifatining past darajada ekani, tarbiyachilarning malakasi yetarli emasligi...” mazmunda tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti biinosi 1975-yilda qurilgan bo‘lib, 2016-yilda mukammal ta’mirlangan, hozirda tashkilotda 5 ta guruh faoliyat yuritib, unda 150 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
Tashkilot direktori rahbari J.X. 2016-yildan buyon mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida rahbarlik qilib kelmoqda.
O‘rganish kuni soat 10:00 bo‘lishiga qaramasdan taomnoma berkitilmagan va bola soni kiritilmagan, ish hujjutlari yuritilishida direktorning oylik ish rejasi mavjud emasligi, xodimlarni yo‘riqnoma bilan tanishtirish daftari yuritilmaganligi, bolalarni qabul qilish buyruqlari va ota-onalar bilan tuzilgan shartnmoalar yig‘ma jildlari mavjud emasligi ham aniqlandi.
O‘rganish davomida ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va mas’ullaridan tushuntirish xatlari olindi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish uchun rahbariyatga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.