Yangiliklar
Joylarda "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tdi
9-dekabr 2024-yil
2004-yildan e’tiboran 9-dekabr – "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni", deb nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan (2003-yil 21-noyabr, № A/RES/58/4-sonli rezolyutsiya). Xuddi shu kunda Meksikada imzolash uchun BMT korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi ochildi. Bosh Assambleya rezolyutsiyasida aytilishicha, ushbu xalqaro kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosini tubdan tushunish va Konvensiyaning korrupsiya bilan kurashish va uni oldini olish borasidagi ahamiyatidir.

Kuni kecha Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida 9 dekabr – "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda Korrupsiya – bu, jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga, hayot sifatini yomonlashishiga va odamlar xavfsizligiga tahdid solishiga olib kelishi mumkinligi haqida tushunchalar berildi.
Tadbirda so‘z olganlar soha mas’ullari bu salbiy illatga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga barcha hissa qo‘shishi muhimligiga urg‘u berishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.