Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

11-dekabr 2024-yil
image

Bugun Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida o'tgan asosiy fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichi g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, 25-noyabrdan 4-dekabr kuniga qadar Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta'lim maktabida hamda Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabida  9-10-11-sinf o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.


Bugun Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida o'tgan asosiy fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichi g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Tantanada viloyat Мaktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Dolimov ishtirok etdi hamda g'olib va sovrindorlarni qutladi.

Olimpiada g'olib va sovrindorlariga diplom va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi:
1-o‘rin uchun — 2 million 250 ming so‘m
2-o‘rin uchun — 1 million 500 ming so‘m
3-o‘rin uchun — 1 million 125 ming so‘m pul mukofoti ajratildi.

Ma'lumot uchun, jami g‘oliblar soni 134 nafarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 45 nafar 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etishadi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb