Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida OAV vakillari, teleradio muxbirlari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani va PRЕSS-tur tashkillandi
12-dekabr 2024-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori va Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida “Kuzgi-qishki mavsumga viloyat MMTB tizimidagi tashkilot va muassasalarning hozirligi” va Farg‘ona shahrida bunyod etilgan yangi zamonaviy 46-maktabda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish” mavzuida matbuot anjumani va PRESS-tur bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida OAV vakillari, teleradio muxbirlari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani va PRЕSS-tur tashkillandi
Matbuot anjumanini ochib bergan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov jurnalist va blogerlarni sohada kuzgi-qishki mavsumga ko‘rilgan hozirlik, bu borada DXSh asosida hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qish-bahor mavsumida asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arish chora tadbirlari, ularni sifatli saqlanishini ta’minlash haqida batafsil gapirib berdi.
Anjuman davomida ishtirokchilar mavzuga doir o‘zlari qiziqqan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Shundan so‘ng, anjuman ishtirokchilari joriy yilda foydalanishga topshirilgan 990 o‘rinli Farg‘ona shahridagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldilar.
Tadbir doirasida mazkur zamonaviy maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan qiziqdilar.
Maktab kutubxonasi, sinf xonalari, sport zali, oshxonasi va o‘quvchilarning kasb-hunar o‘rganish joylari hamda to‘garaklar faoliyati bilan tanishdilar.
Anjuman ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga maktab rahbariyati tomonidan javoblar berildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.