Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
13-dekabr 2024-yil
Muloqot chog‘ida tarqatilgan xabardagi faktlar asosga ega emasligi ayon bo‘ldi.
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqda “Maktab o‘quv bo‘limi mudiri (zavuch) kech qolgan yoki daftari yo‘q o‘quvchilarning suratini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmoqda…” mazmunda tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
Mazkur xabarda Beshariq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor o‘rinbosari kech qolgan o‘quvchilarni, daftar va kitobsiz darsga kelgan o‘quvchilarni suratini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib, ularni haqorat qilayotganini iddao qilingan.
O‘rganish davomida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan suhbatlashildi.
Muloqot chog‘ida tarqatilgan xabardagi faktlar asosga ega emasligi ayon bo‘ldi.
Haqiqatan ham, maktab direktorining o‘rinbosari darsga kech qolgan o‘quvchilarni telefonida rasmga olgan. O‘quvchilar ota-onalarini farzandlariga befarq bo‘lmasligi, ular ham ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari darkorligi haqida ogohlantirb, maktabning o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan yopiq telegram guruhiga joylagan. Maktabning 8-sinf rahbari o‘z navbatida ushbu faktlarni ota-onalarga ko‘rsatib, hushyorlik va hamkorlikka chorlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda rasmlarni o‘qituvchilar tomonidan taqatilgani aniqlanmadi.
Shuningdek, maktab ma’muriyati hamda o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarining buzilishi, o‘quvchilarni haqoratlanganlik xususidagi vaj ham o‘z tasdig‘ini topmaganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.