Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONADA ZAMONAVIY SHAROITLARGA EGA TA'LIM TASHKILOTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

14-dekabr 2024-yil
image

Shu kunlarda Farg‘onada ham ko‘plab yangi ta’lim tashkilotlari va ko‘plab maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy qiyofaga keltirilib, tarbiyalanuvchilarning bilim va tarbiya olishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. 

FARG‘ONADA ZAMONAVIY SHAROITLARGA EGA TA'LIM TASHKILOTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun mamlakatimizning eng chekka hududi Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘ida 140 o‘rinli yangi 5-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Viloyat hokimi tashabbusi bilan anklav tog‘li hududda joylashgan mazkur chekka qishloqda zamonaviy, barcha qulaylik va sharoitlarga ega bo‘lgan bolalar bog‘chasini bunyod etish uchun mahalliy byudjetdan 3 milliard 322 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

Ta’kidlash joizki, ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bolalar va mahalla aholisi uchun chinakam bayram bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kelajak avlodga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Yurtboshimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Shuningdek, mazkur tumanning Mindon qishlog‘idagi 21-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviylashtirildi. Mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan 3 milliard 600 million so‘m mablag‘ hisobiga 150 o‘rinli bolalar bog‘chasi to‘liq rekonstruksiya qilindi va bugun qaytadan o‘z faoliyatini boshladi.

Tumandagi Oq bilol mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 28-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qaroriga asosan 2024-yil Davlat investitsiya dasturi doirasida ajratilgan 4 milliard 620 million so‘m mablag‘ hisobidan qayta bunyod etildi.

 Bugun ushbu zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ta’lim muassasasi 180 nafar bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi. Yangilangan ta'lim muassasada o‘g‘il-qizlarning munosib tarbiya olishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Ta’lim tashkilotlarning ochilish marosimlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, tuman hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari qatnashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb