Yangiliklar
Bag‘dod tumaninidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv binosini foydalanishga topshirildi
16-dekabr 2024-yil
Bag‘dod tumanining “Qahat” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosini foydalanishga topshirish munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Unda mutasaddi tashkilotlardan soha vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv binosi qurilishiga Investitsiya dasturi asosida byudjet mablag‘i hisobidan 4 milliard 200 million so‘m sarf etildi. Yangi uch qavatli binoda 15 ta o‘quv xonasi joylashgan.
“Bag‘dod piramida” MChJ quruvchilari bajargan loyihada eski o‘quv binolari ham rekonstruksiya qilindi, maktab hovlisida 680 kvadrat metr yer maydoni asfalt bilan qoplandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.