Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TOSHLOQ TUMANIDA SAYYOR QABUL

18-dekabr 2024-yil
image

TOSHLOQ TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL DAVOMIDA FUQAROLAR MUROJAATI TINGLANDI 

TOSHLOQ TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL DAVOMIDA FUQAROLAR MUROJAATI TINGLANDI 

Bugun hududlarda aniqlangan tizimli muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan “Inson qadri” tamoyili asosida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Toshloq tumanidagi 2-maktab binosida “Sayyor qabul” o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida 17 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 13 nafar fuqarolar murojaati tinglandi: 9 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 4 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

 Murojaatlarning asosiy qismi, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lash, qurilish-ta'mirlash, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotini jihozlash hamda moliyaviy masalada bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb