Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faollar zalida boshqarma apparat xodimlari ushun navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

23-dekabr 2024-yil
image

Rahbar boshqarma xodimlarining 2025-yil istiqbol rejalarini yana bir bor obdon ishlab chiqishlari va mukammaligi hamda integratsiyasiga e’tiborli bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faollar zalida boshqarma apparat xodimlari ushun navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari hamda boshqarma xodimlari qatnashdilar. 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov kirib kelayotgan yangi yil munosibati bilan joylarda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari jarayonida bugungi kun talablariga amal qilinish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

Qishki ta’til davomida o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazumuni o‘tkazishlariga barcha mas’ul ekanligini eslatib o‘tildi.

Rahbar boshqarma xodimlarining 2025-yil istiqbol rejalarini yana bir bor obdon ishlab chiqishlari va mukammaligi hamda integratsiyasiga e’tiborli bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ta’lim maskanlarida issiqlik ta’minoti, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yong‘in havfsizligi nazorati, sohada korrupsion holatlarning oldini olish kabi dolzarb masalalarga ham alohida to‘xtaldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb