Yangiliklar
"Ma’rifat ulashib" loyihasi Fargʻonada
21-dekabr 2024-yil
O‘zbekistonning yoshlar ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirishga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda davom etmoqda. Shu doirada viloyatimizdagi bir qator maktablarda ana shunday tadbirlar tashkillandi.
"Ma’rifat ulashib" loyihasi Fargʻonada
Kuni kecha O‘zbekistonning taniqli adiblari Vafo Fayzulloh va Dilshoda Ergashova Farg‘ona shahridagi 11-maktab o‘quvchilari bilan qiziqarli va maroqli uchrashuv o‘tkazdilar.
Unda adabiyot, ilm-fan va ijodiy intilishning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida muhim mavzularda suhbatlar olib borildi.
Adiblar o‘z ijodiy yo‘llari, asar yaratishdagi qiyinchiliklar va ilhom manbalari haqida ochiq-oydin hikoya qildilar. Shu bilan birga, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga samimiy javob berib, yoshlar qalbida yangi orzu va maqsadlarni uyg‘otdilar.
Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.