Yangiliklar
Bugun Farg‘ona shahridagi 15-maktabda «Yoshlarni 1 ta hunar va 2 ta tilga o‘rgatish» mavzusida seminar tashkil qilindi.
1-mart 2023-yil
Rahbarlar tashkillangan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.
Unda viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Dolimov, Farg'ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahardagi maktablar direktorlari va amaliyotchi psixologlari qatnashdilar.
Ishtirokchilar maktabda tashkillangan o‘ndan ortiq kasbga yo‘naltirish to‘garaklari faoliyati bilan tanishishdilar.
Maktab o‘quvchilari tomonidan tashkil qilingan shoira Zulfiyaxonimning tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi namoyish qilindi.
Tadbirda viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshligi Sherzod Dolimov va shahar hokimi Vosiljon Nazarov maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garak rahbarlari va tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati bilan tanishdilar.
Rahbarlar tashkillangan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.
Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.