Yangiliklar
"Jadidlar izidan” respublika tanlovida farg‘onalik ikki o‘quvchi faxrli o‘rinlarni egallashdi
20-dekabr 2024-yil
Nufyzli tanlovda Farg‘ona shahridagi 46-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi faxrli birinchi o‘rinni va Qo‘shtepa tumanidagi 20-IDUM 9-sinf o‘quvchisi Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
"Jadidlar izidan” respublika tanlovida farg‘onalik ikki o‘quvchi faxrli o‘rinlarni egallashdi
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib deb topildi.
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida Farg‘ona shahridagi 46-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi faxrli birinchi o‘ringa munosib ekanligi e’tirof etildi.
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasidagi bellashuvda Qo‘shtepa tumanidagi 20-IDUM 9-sinf o‘quvchisi Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi esa faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishishadi.
Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashishadi.
Ma’lumot uchun: kuni kecha viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov g‘olib oʻquvchilarimiz va ularning ustozlari hamda ota-onalari bilan suhbat chog‘ida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanganliklari hamda hamkorlik uchun barchalariga minnatdorchilik va ishonch bildirgandi. Respublika bosqichida barchalariga omad tilab, so‘nggi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritishsa o‘quvchilarni, ota-onasi va ustozini qo‘shimcha rag‘bat sifatida Samarqand, Buxoro va Xorazm shaharlariga bepul sayohatga jo‘natilishini hamda 1-3-oʼrinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga noutbuk, planshet va qo‘l telefoni berilishini bildirib, motivatsiya bergandi.
https://t.me/FarVMMTB/19273single
Mazkur katta yutuqlar bilan barchalarini tabriklab qo‘yamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.