Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bag'dodda ota-onalari bilan ochiq muloqot o'tkazildi

19-dekabr 2024-yil
image

Bag'dodda 46-umumiy o'rta ta'lim maktabida 11-sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

   Tadbirda har bir ota-onaga, "Farzandingiz kelajakda kim bo'ladi?", "Qaysi kasbni egallaydi?", "Uning do'stlari kimlar?", "Oxirgi marta qachon dildan suhbatlashgansiz?" kabi savollar berildi.

O'quvchilarning hayotda o'z o'rnini topishlari uchun o'zaro hamkorlikda ularni to'g'ri kasblarga yo'naltirish, bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkillash, ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri foydalanishlarini nazoratga olish zarurligi ta'kidlandi.
     
"O'quvchiga "oila-mahalla-maktab" muhiti ta'sir etib, uning kelajagini shakllanishida muhim ro'l o'ynaydi. 

Shuning uchun bu uchta tizim birgalikda harakat qilishimiz, o'quvchini sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitda tarbiyalashimiz zarur", – dedi maktab direktori Ilhomjon Usmonov.
     
Ochiq muloqot davoimida ota-onalar va o'quvchilar o'zlariga kerakli xulosalarni oldilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb