Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onalik o’quvchi Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog’istonga boradi!

24-dekabr 2024-yil
image

Mazkur olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 dan ko‘p mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangi yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olma-ota shahrida navbatdagi Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi.
 
Ushbu xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan.

Mazkur terma jamoa xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun o'tkazilgan 1-saralash bosqichi natijalariga ko'ra shakllantirilgan. Ishtirokchilar safida Dang‘ara tumanidagi DIUMI 11-sinfning iqtidorli o‘quvchisi Shavkatjonov Nozimjon Tursunali o‘g‘li ham bor. 
Nozimjon olimpiadaning saralashning 3-bosqichidan fizirka yo‘nalishida muvaffaqiyatli qatnashib, kumush medal sohib bo‘ldi va "IZhO – 2025"da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Nozimjon Shavkatjonov va uning onasi bilan suhbatlashdi. 

Muloqot davomida yurtimizda kelajak avlodga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘riklar o‘zining ijobiy natijalarini berayotganiga alohida to‘xtalib, viloyatimizda ham iqtidorli o‘quvchilar safi kengayib borayotganini ta’kidladi. 

Nozimjon singari intiluvchan, bilimga chanqoq o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvatlashga hamisha tayyorligini aytdi va bellashuvda g‘olib bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Rahbar bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan barcha yoshlarimizga omad va zafarlar tiladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb