Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Toshkent koreya Ta'lim Markazi vakillarini qabul qildi

25-dekabr 2024-yil
image

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan umumta'lim maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish amaliyoti joriy etilgan. 

Ushbu tajriba doirasida viloyatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida Koreyaning ilg‘or tajribasi, xususan, ushbu davlat amaliyotida ta’lim, boshqaruv tizimi va pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yechimlarni joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsadida Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarma boshliqlaridan iborat delegatsiya vakillari Janubiy Koreyada malaka oshirgani haqida avval xabar bergan edik. 

Ushbu hamkorlikning uzviy davomi sifatida Janubiy Koreya ta’lim markazi vakillari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishdi.  

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Toshkent koreya Ta'lim Markazi direktori Lee Young Woong, mazkur Markazi o'quv ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'I  Kain Suk, hujjat ishlari bo'yicha menejri Mun Seong Ho va Farg‘ona koreys tili Ta'lim Markazi direktori Ulugbek Muqaddasovni qabul qildi.

Uchrashuvda Fag‘ona shahridagi 2- va 40- IDUM rahbarlari va soha mas’ullari qatnashdilar. 

Suhbat jarayonida Sherzod Dolimov Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta'lim maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish amaliyoti joriy etilgan, bu borada viloyatda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirib berdi. 

Mehmonlar o‘z navbatlarida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik samaralari, do‘stona munosabatlar hamda koreys tilini o‘rganish yuzasidan so‘nggi yillardagi amaliyotlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Muloqot davomida Koreys tili ta'limi hamkorligini kuchaytirish; 
viloyatda koreys tili ta'lim dasturlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, mintaqa o‘quvchilari uchun koreys tili va madaniyatini yaqindan tanishtirish uchun hamkorlik tizimini yaratish; 
o'qituvchilarni qayta tayyorlash va mahoratini oshirish; 
koreys tili o'qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini qo'llab-quvvatlash, ta'lim materiallarini taqdim etish orqali Farg‘ona viloyatida koreys tili ta'lim samaradorligini oshirish; 
madaniyat almashuvini kengaytirish – ikki mamlakat o'rtasida madaniyat almashuvini faollashtirish uchun tadbirlar va dasturlarni rejalashtirish, yoshlarga koreys madaniyatini tanishtirish imkoniyatlarini kengaytirish; 
ta'lim markazlari tarmog'ini kengaytirish; 
Toshkent Koreys ta'lim markazi va Farg‘ona koreys tili ta'lim markazining rolini tanitish, bu borada hamkorlik aloqalarini o'rnatish orqali ta'lim markazlari faoliyatini kengaytirish; 
uzoq muddatli ta'lim va madaniyat almashuvi istiqbolli rejasini ishlab chiqish, aniq ijro chora-tadbirlarini izlash kabi bir qator masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir so‘ngida tomonlar esdalik sovg‘alar almashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb