Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining vakili Farg‘onada

26-dekabr 2024-yil
image

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Abdujalil Abduraximov viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktablarda bo‘ldi.

Jumladan, Margʻilon shahar, Qoʻshtepa, Yozyovon,Toshloq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi ChSB imtihoni jarayonlari, o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Ta’lim muassasalarida bugungi sinov jarayonida faol qatnashayotgan oʻquvchilar bilan suhbatda bo‘ldi. 

Shuningdek, muassasalardagi laboratoriya jihozlari, oshxona faoliyati koʻzdan kechirildi. 

Mehmonlarda mazkur maktablardagi "Yangi yil" bayram shukuhi yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb