Yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIK MAHORAT KUNLARI O‘TKAZILMOQDA
4-yanvar 2025-yil
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi faollar zalida malaka oshirishning "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soati" tadbirlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan biriktilgan vakillar, viloyat Pedagogik mahorat markazi mutasaddilari, metodistlar, soha mas’ullari va 38 nafar trener (mentor)lar ishtirok etishdi.
Viloyatdagi shahar va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limlaridagi studiyalarda onlayin tartibda tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari va boshqa tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soati" tadbirlarini sifatli tashkil qilish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.