Yangiliklar
Yurtimizda o‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaning 108 yilligi keng nishonlanmoqda.
1-mart 2023-yil
Bugun sana munosabati bilan viloyat xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun sana munosabati bilan viloyat xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina Farg‘ona tumani “Madaniyat markazida” “Bahor keldi seni so‘roqlab” mavzusida adabiy-badiiy dasturi boshlandi.
Unda tumandagi ta’lim muassasalarining yuqori sinfda ta’lim olayotgan iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilar, maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar xalq ta’limi bo‘limining ma’naviy-axloqiy va bolalarni ijtimoiy himoyalash sho‘ba rahbarlari hamda tumandagi faol ijodkorlar qatnashmoqda.
Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.