Yangiliklar
HECH KIM E’TIBORDAN, MEHRDAN CHETDA EMAS
31-dekabr 2024-yil
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov bayramlar arafasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari — o‘quvchilarni hamda uy ta’limidagi bolajonlarni holidan xabar olishni an’anaga aylantirgan.
Bolajonlarga dunyolar kerak emas, ozgina mehr va e’tibor bo‘lsa, murg‘ak qalblari olam-olam quvonchlarga to‘ladi.
Ana’naga ko‘ra, Sherzod Dolimov bugun viloyatdagi uy ta’limida o‘qiyotgan bir qator bolajonlar holidan xabar oldi.
Ularning xonadonlarida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, barchalarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Bayram arafasidagi kutilmagan tashrif bolajonlar qalbiga cheksiz shodlik baxsh etdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.