Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod DOLIMOVning bayram tabrigi
28-dekabr 2024-yil
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, ustoz va murabbiylar!
Siz va Siz orqali barcha yaqinlaringizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
“Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili”da muqaddas yurtimizning ravnaqi, porloq kelajagi, xalqimizning farovonligi, yanada gullab-yashnashi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi yil yurtimiz osmoniga musaffolik, zaminimizga osudalik, elimiz dasturxoniga qut-baraka olib kelsin.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga xotirjamlik, yurtimiz istiqboli yo‘lidagi ishlaringizga kattadan-katta zafarlar tilab qolaman.
Hurmat bilan,
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Sherzod DOLIMOV.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.