Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bayram tuhfalari: Farg‘oְna shahrida yana ikki maktabning qo‘shimcha yangi binolari foydalanishga topshirildi

28-dekabr 2024-yil
image

Shahardagi 14- va 42-maktablar qo‘shimcha yangi zamonaviyo‘quv binolarga ega bo‘ldi

  Yangi yil bayrami arafasida shahardagi 14-maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yi 25-dekabr kungi PQ-404-sonli qaroriga asosan davlatimizning salkam olti milliard so‘m mablag‘i evaziga qayta ta’mirlanib, zamonaviy tus oldi. 

Bugun mazkur maktakbning 540 o‘rinli zamonavi binosining foydalanishga topshirish marosimi tashkillandi.

 Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, jamoat tashkiloti, ota-onalar vakillari, mahalla faollari va maktabning o‘quvchi va pedagogik jamoasi qatnashdilar.

 Shuningdek, bugun shahardagi 42-maktabning qo‘shimcha 915 o‘rinli yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Marosimda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov yangi imkoniyatlar va qulayliklar bilan maktab jamoasi va o‘quvchilarni qizg‘in tabrikladilar.

Tadbirlarda so‘zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan kelajak avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ushbu ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar o‘quvchilarni mukammal talim-tarbiya olishlari va har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlashdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb