Yangiliklar
Qorbobolar karvoni
28-dekabr 2024-yil
Qoʻshtepa tumanida bu yil "Yangi yil" tadbirlari oʻzgacha yuqori kayfiyatda boʻlib oʻtmoqda
Bunga misol 27-dekabr kuni tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbariyati tashabbusi bilan "Qorbobolar karvoni" yoʻlga chiqdi.
Qorbobo va qorqizlar o'yin-kulgi, kuy-qoʻshiqlar bilan maktab, bogʻchalar, qolaversa, uyda taʼlim olayotgan bolajonlarning ko'nglini koʻtarib, manzillarga kirib bormoqda.
Boʻlib oʻtgan tadbir yuqori saviyada oʻtkazildi.
Bunday tadbirlar bugun ham davom etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.