Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI! 

28-dekabr 2024-yil
image

Ta’lim muassasalarida yangi yil bayram tadbirlari, ta’mirlash, jihoz olish va turli sovg‘a-salomlar uchun pul yig‘ish qat’iyan ta'qiqlanadi!

Agarda Siz qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  +998 73 244 31 18 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Murojaatingiz  haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 ga qadar qabul qilinadi.

Sizning murojaatingiz shaxsan boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risidagi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb