Yangiliklar
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI 37-MAKTAB O‘QUVCHILARINING KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
28-fevral 2023-yil
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI 37-MAKTAB O‘QUVCHILARINING KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavluda Xodjaeva Furqat tumanida bo‘lib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi to‘g‘risida tushuntirish targ‘ibot tadbirlari avvalida Furqat tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi faoliyati bilan tanishdi.
Muassasada 10 dan ziyod kasb yo‘nalishlari, xususan, mebelchilik, zamonaviy tikuvchilik, tokarlik, temirchilik, bog‘dorchilik va asalarichilik faoliyati amaliy o‘rgatilib, IT sohasi bilan birgalikda koreys hamda frantsuz tillarini o‘rgatish ham yo‘lga qo‘yildi.
Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.