Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Farg‘ona shaharidagi 19-IDUMda “Zamonaviy maktab – sifatli ta’lim garovi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkillandi

8-yanvar 2025-yil
image

Mazkur tadbirda viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosar Dilafruz Kasimova va shahadagi maktablar direktorlari hamda soha mas’ullari qatnashdilar.

Amaliy seminar avvalida ishtirokchilar maktabda tashkillangan to‘garaklar faoliyati hamda qishki ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish bo‘yicha amaldagi ishlar bilan tanishdilar.

Ayniqsa, “Yosh dasturchilar” to‘garagi a’zolarining hozirlagan ko‘rgazmalari, “Zamon bilan hamnafas o‘qituvchi” mavzusidagi mashg‘ulotlar ko‘pchilikda yaxshi taassurotlar qoldlirdi.

Shuningdek, ishtirokchilar bo‘lingan holda “Hisoblashni o‘rganamiz”, “Yosh ijodkor”, “Til bilimdonlari”, “Yosh rassom”, “Tabiatni o‘rganamiz”, “Tabiiy fanlar – hayot asosi”, “AHA matematika”, “Magic English”, “Mohir qo‘llar” singari to‘garaklar faoliyatida qatnashdilar, uning a’zolari bilan suhbatlashdilar.

Tadbir doirasida ushbu maktabning CHQBT xonasi va uning rahbarining ish faoliyati bilan ham qiziqdilar.

Amaliy seminar so‘ngirda ishtirokchilarga maktabning faollar zalida mazkur maktabning 2024-2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlar va natijalar yuzasidan ma’lumotlar bilan tanishib, to‘garak a’zolari tomonidan hozirlangan badiiy dasturni tomosha qildilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb