Yangiliklar
Farg‘ona tajribasi: davlat xizmatchilari kutubxonada
8-yanvar 2025-yil
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasi bo‘lib o‘tdi
Viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tuman-shaharlar hokimi o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi, sport, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hududiy bo‘limlari hamda tuman va shaharlar axborot-kutubxona markazlaridan davlat xizmatchilari ishtirok etdi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishda Farg‘ona tajribasi yo‘lga qo‘yilgan.
Viloyat hokimining “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasini tashkil etish va o‘tkazishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yana bir tashabbusga qo‘l urilib, mazkur loyiha tashkil etildi.
Tadbir doirasida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining bir qator apparat xodimlari viloyat axborot-kutubxona markaziga obuna bo‘lishdi.
Tashkillangan kitob yarmarkasidan o‘zlari qiziqqan turli janrlardagi badiiy asarlardan ham xarid qilishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.