Yangiliklar
Bugun Farg'ona viloyatining 19 ta tuman-shaharlaridagi mavjud 52 ta tayanch maktablarida "Metodik marafon" tadbiri bo‘lib o‘tdi
8-yanvar 2025-yil
Mazkur tadbir o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik va boshlang'ich ta'lim fanlari bo'yicha pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga ko'maklashish va metodik qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirning 1-kunida viloyatimiz bo‘yicha jami 2280 nafar yetakchi pedagoglar qatnashdilar.
Mazkur "Metodik marafon" tadbirlari ertaga ham davom etadi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.