Yangiliklar
Bugun Farg‘ona shahrida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
7-yanvar 2025-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massivida Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda dastlab yurt himoyachilarining harbiy orkestr sadolari ostida tantanali yurishi bo‘lib o‘tdi.
Yangi massivdagi amfiteatr maydonida kechgan tadbirning asosiy qismida harbiy xizmatchilar tomonidan faxriy qorovul va qo‘l jangi chiqishlari namoyish qilindi.
Qurol-aslahalar ko‘rgazmasida yoshlar O‘zbekiston armiyasining kuch-qudrati, zamonaviy salohiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.