Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Quvasoyda maktabga “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida yopiq futbol maydoni va maktab oshxonasi qurib berildi

6-yanvar 2025-yil
image

Quvasoy shahar Qalacha MFY da joylashgan 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumi davomida salkam ikki milliard so‘m mablag‘ bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Tashabbusga ko‘ra, hozirda maktab hududiga zamonaviy futbol maydoni va maktab oshxonasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur jarayonning ochilish tadbirida shahar hokimligi, MMTB vakillari, maktab jamoasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan soha vakillari yurtimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar va undan samarali foydalanish hamda yoshlarimizni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va sport mashg‘ulotlariga jalb qilish lozimligi to‘g‘risida gapirib, bu kabi ochiq tashabbuslar aholi hamjihatligi va yoshlar kelajagi uchun beminnat xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb