Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BUGUN OLTIARIQ TUMANIDA...

6-yanvar 2025-yil
image

Tumandagi 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ham o‘quvchilarning ta’til kunlarida bo‘sh vaqtlarini ta’lim maskanida tashkillangan to‘garaklarda mazmunli va maroqli o‘tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu kunlarda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari “Mohir qo‘llar" to'garak mashg'ulotlarida mazkur hunarning sirlarini o‘rganishmoqda.

Tumandagi 36-maktabda qishki ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida  bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim muassasada 5 ta muhim tashabbus doirasida sport o‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘quvchilar faol qatnashdilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari esa “Savodxon bolajon" tadbirlarida o‘z bilimlarini namoyon qilishmoqda.  

Tumandagi 22-maktabda "Yosh informatik" kompyuter to'garagida o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishmoqda. Unda o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar hamda kompyuterda dasturlashtirishga oid boshlang‘ich ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

Bugun tumandagi 15-maktabda 5-7-sinflar o'rtasida sportning futbol bo‘yicha musobaqa tashkillandi. Tadbir qiziqarli va maroqli hamda o‘quvchilar faolligida o‘tdi.

Tumandagi 31-IDUM o‘quvchilari "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida Farg‘ona shahrida joylashgan harbiy qismga sayohatda bo‘ldilar. Ular harbiy qism zobitlari tomonidan mavjud texnik baza, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb