Yangiliklar
#Sarhisob_2024
6-yanvar 2025-yil
USTOZ FAXRIYLAR E’TIBORDA
Yurtimizda ta’lim sifatini oshirish va soha fidoyilarini yanada rag‘batlantirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan keng islohotlar olib borilib, ularga bo‘lgan e’tibor yildan yilga ortib bormoqda.
Jumladan, viloyatimizdagi sohada samarali mehnat qilib ayni damda qarilik gashtini surayotgan faxriy ustozlarga ham alohida g‘amxo‘rliklar ko‘rsatilmoqda.
Birgina 2024-yilda salkam uch ming nafar mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Tashkillangan tadbirlar davomida 1500 nafardan ortiq faxriy ustozlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Viloyat hokimligi va viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan ulardan 50 nafariga sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar berildi. Mazkur e’tiborlar viloyatimizda an’ana sifatida davom etmoqda.
Suhbatdoshimiz mehnat faxriysi Ibrohim aka Erkaboyev.
U Beshariq tumanidagi 30-maktabda 1984-yil ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi sifatida ish boshlagan. Mazkur maktabda 13 yil o‘qituvchi, 5 yil direktor o‘rinbosari va 11 yil maktab direktori vazifasida ishlagan. 2013-yildan boshlab 2022-yilgacha mazkur tumandagi 46-maktabda rahbarlik lavozimida faoliyat olib borgan. Ibrohim aka tashkilotchi va o‘z kasbining fidoyisi sifatida e’tirof etilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi