Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun viloyatimizning tuman va shaharlaridan 500 dan ortiq faxriy ustozlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimovning kengaytirilgan “Zoom” yig‘ilishida ishtirok etdilar

27-fevral 2023-yil
image

Bugun viloyatimizning tuman va shaharlaridan 500 dan ortiq faxriy ustozlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimovning kengaytirilgan “Zoom” yig‘ilishida ishtirok etdilar

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i maktablarda ta’lim sifatini oshirish, “Ustoz-shogird” an’anasini rivojlantirish, faxriy ustozlarning umumta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining darslarini tahlil qilishlari, ularga metodik yordam berishlari yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdi.

Yig‘ilish davomida faxriy ustozlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimovning tashkil etgan “Faxriylar Kengashi ko‘magi” tashabbusi ayni muddao bo‘lgani, ushbu tashabbus albatta ijobiy natijalar ko‘rsatishiga ishonishlarini aytib, boshqarma boshlig‘i Sh.Dolimovga ustozlarga bo‘lgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb