Yangiliklar
FARG‘ONADA “METODIK MARAFON”NING IKKINCHI KUNI TADBIRLARI YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI
9-yanvar 2025-yil
Avval xabar berganimizdek, bugun viloyatimizning 19 ta tuman-shaharlaridagi tayanch maktablarda pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga ko'maklashish va metodik qo'llab-quvvatlash maqsadida Respublika ta'limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi va viloyat Pedagogik mahorat markazi metodistlari hamkorligida tashkil etilgan "Metodik marafon" tadbirining 2-kuni yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur marafonda o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik va boshlang'ich ta'lim fanlari yo'nalishlari bo'yicha jami 1903 nafar yetakchi pedagoglar ishtirok etishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.