Yangiliklar
Farg‘ona shahrida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
9-yanvar 2025-yil
Bugun Farg‘ona shahridagi 47-maktabda shahardagi umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi "2577-sonli Nizom bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning yuritilishi" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida soha mas’ullari va tajribali kutubxonachilar uchun ayni damda tizimda me’yoriy hujjatlarning yuritilishi va uning asosiy omillari, yangi kelgan darsliklarning qabul qilinishi tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar yakunida tadbir ishtirokchilari o‘z faoliyatini yaqinda boshlagan yangi 47-maktabning kutubxonasiga sara badiiy adabiyotlar sovg‘a qilishdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.