Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Quvasoy shahidagi maktab direktorlari va o‘rinbosarlari axborot-kutubxonaga a’zo bo‘lishdi

9-yanvar 2025-yil
image

Bugun Quvasoy shahidagi maktab direktorlari va o‘rinbosarlari shahar markazida joylashgan axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘lish bilan birga, mutolaa uchun o‘zlariga qiziq bo‘lgan kitoblardan olishdi.  

Ma’lumki Farg‘ona tajribasi sifatida e’tirof etilayotgan viloyat hokimining “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasini tashkil etish va o‘tkazishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yana bir tashabbusga qo‘l urilib, mazkur loyiha tashkil etildi. 

Mazkur loyihani o‘tkazishdan asosiy maqsad davlat xizmatchilari o‘rtasida kasbiy malaka va ko‘nikmalarni doimiy ravishda rivojlantirib borish, kitobxonlikga jalb qilish, ularning orasida mutolaa madaniyatini oshirish hamda axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorligini mustahkamlashdan iborat. 
Ta’lim maskani rahbarlari shahardagi Axborot-kutubxona markaziga bo‘lishib, muassasa ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxonaga a’zo bo‘ldilar.
 
Tadbir doirasida soha mas’ullari ishtirokchilar bilan hozirgi kundagi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish borasida tavsiyalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb