Yangiliklar
FARG’ONALIKLAR KOSONSOYDA
13-yanvar 2025-yil
Hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish rivojlanish omili hisoblangani boisidan ham Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi vakillari Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Ilk rivojlantirish markazi"da bo‘lishdi.
Mazkur markaz olis va tog‘li hududlar, ayniqsa, aholi nisbatan tarqoq yashovchi manzillardagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish va sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini olib borish maqsadida Jahon banki ko‘magida 2021-yilda tashkil etilgan.
Boshqarma boshlig’i Sherzod Dolimov boshchiligidagi vakillar markaz faoliyati hamda olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Ishtirokchilar "Uyga tashrif", "O‘yin guruhlari", "Inklyuziv ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolajonlar bilan ishlash" kabi modellar bilan amaliy jarayonlarda tanishib, o‘zaro fikr-mulohazalar yuritildi.
Koordinatorlarning taqdimotlaridan so‘ng, sifatli taʼlim-tarbiya va bolalarni har tomonlama rivojlanishiga oid takliflar bildirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.