Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat prokuraturasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar IIB bilan hamkorlikda viloyat seminari o‘tkazildi.

25-fevral 2023-yil
image

Bugun Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat prokuraturasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar IIB bilan hamkorlikda viloyat seminari o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat prokurori o‘rinbosari F.Ismoilov, bo‘lim boshlig‘i O.Axrarov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimov, viloyatdagi shahar va tumanlardan prokuratura vakilari ishtirok etdilar.

Seminar o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga qiziqtirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish kabi ishlar samaradorligini ta’minlash maqsadida tashkillandi. 

Tadbir davomida F.Ismoilov va Sh.Dolimov kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarining tegishli tavsiyalarini berib o‘tdilar.

Ishtirokchilar soha mutaxassislari o‘quvchilarni ta’lim muassasasining ichki nazorat ro‘yxatiga olish va chiqarish tartibi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda ishlash mavzularida taqdimotni kuzatdilar. 

Shuningdek, tadbirda o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar faoliyati xususida ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar ishtirokchilari mazkur maktabda o‘quvchi-yoshlarga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish va chet tillarini o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb