Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

15-yanvar 2025-yil
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qon shahar 16-maktabda 10 daqiqalik tanaffusda bolalar sinfdan sinfga ko‘chib o‘tishida yuzaga kelayotgan "probka" jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda” mazmunda video tarqatildi.

 Unda maktabda o‘quvchilar soni 2-3 barobardan oshgani iddao qilingan. 

Ushbu holat boʻyicha viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Qo‘qon shahridagi 16-maktabda bugungi kunda 1128 nafar o‘quvchilar ta’lim va tarbiya olishmoqda.

Mazkur ta’lim muassasasida o‘tgan 2024-yilda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabr kungi PQ-404-sonli qaroriga asosan ushbu 16-umumta’lim maktabida rekonstruksiya ishlari olib borilib, 1320 o‘quvchi o‘rinli yangi bino qurib foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari uchun davlatimizning 9 milliard 500 million so‘m mablag‘i sarflangan. 

O‘quvchilarning o‘quv o‘rniga nisbatan ortiqcha ekanliklari xususidagi vajlar mutlaqo asossizdir. 

Noqulay vaziyat navbatchilar nazorati ostida o‘z vaqtida va joyida bir necha daqiqa davomida bartaraf etilgan. 

Qishki ta’tildan so‘ng o‘qishning birinchi haftasi bo‘lganligi uchun o‘quvchilarda adaptatsiya davridaligi bois tiqilinch bo‘lgan. 

O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida zarur tushuntirish ishlari olib borildi va takroran holat qaytarilmasligi choralari ko‘rilganligini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb