Yangiliklar
MAKTAB ZAMONAVIY TUS OLDI
15-yanvar 2025-yil
Oltiariq tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1961-yilda barpo etilgan bo‘lib, binolar ma’nan eskirgan, talab darajasida emas edi.
Prezidentimizning 404-sonli qarori asosida maktabning 840 o‘quv binolari mukammal ta’mirlandi. Qo‘shimcha uch qavatli, 360 o‘rinli o‘quv bino, barcha sharoitga ega sport zali qurib bitkazildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasi sport jihozlari, elektron doska, yangi parta va stullar bilan jihozlandi.
Mazkur bunyodkorlik ishlar uchun davlatimiz tomonidan o‘n milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Maktabning yangi o‘quv binosining ochilishi marosimida tuman hokimi va sektor rahbarlari, pedagoglar jamoasi, o‘quvchi va ota-onalar ishtirok etdilar.
Ramziy lenta qirqilgach, marosim ishtirokchilari yangi binoda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Mahalla ahli, nuroniylar e’tibor va kelajak avlodga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.