Yangiliklar
Quva tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari kitobxonlar safidan joy olishdi
16-yanvar 2025-yil
"Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun" loyihasi doirasida soha xodimlari o‘rtasida kitobxonlik, mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobxonlar safini kengaytirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Quva tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘ldilar.
Ular markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitoblarni mutolaa qilish maqsadida kutubxonaga a’zo ham bo‘lishmoqda.
Tadbir doirasida ko‘pchilik o‘zi yoqtirilgan adiblarning kitoblaridan o‘qish uchun olishayotgani quvonarli holdir.
Xayrli tadbir davom etmoqda. Tumanimizda kitobxonlar safi kundan kunga ortib bormoqda.
Iroda Bahromova,
tuman MMTB metodisti.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.