Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
17-yanvar 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Beshariq tumani Qum MFYda joylashgan 33-DMTTda uch yarim yoshli bola bog‘chada noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgani aytilmoqda” mazmunida xabar tarqatildi. Ushbu holat boʻyicha Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Beshariq tumani dagi 33-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kir yuvuvchi vazifasida ishlab kelayotgan J.N.ning nabirasi 2021-yil 3-fevral sanasida tug‘ilgan B.D. 2025-yil 16-yanvar soat 11:30larda xonadonida bolaga qarab turish uchun hech kim yo‘qligi sababli buvisiga vaqtincha qarab turish uchun ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan. Ma’lum muddatdan so‘ng bolani sog‘lig‘i yomonlashib xushini yo‘qotgan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari tomonidan tez tibbiy yordam chaqirib, tuman markaziy shifoxonasiga xushsiz holatda bola olib borilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra B.D. mazkur 33-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi emasligi aniqlandi. BBIT (elektron dastur)da ham B.D. mavjud emasligi aniqlandi va maktabgacha ta’lim tashkiloti guruh pedogoglarining tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatga olish daftarlarida ham qayd etilmagan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tartibda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.