Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONADA “ROBO-CODING" OLIMPIADASI! 

18-yanvar 2025-yil
image

Olimpiada Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovich ishtirok etib, qatnashchilar va musobaqa ishiga muvafaqqiyat tiladi.

Keyingi paytlarda robototexnika va IT sohasi ham yoshlarning sevimli va havasdagi kasblari qatoriga qo‘shildi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qiziqish sohani chuqurroq o‘rganishga, yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishga imkoniyat yaratmoqda. Ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-8- hamda 9-11-sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalari ishtirokida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Robo-kodlash olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bellashuvlar Fargʻona viloyati bosqichi 3 turda boʻlib, bugun har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda 25-yanvar yuqori 9-11-sinflar ishtirok etishlari belgilangan. 

Musobaqa ishtirokchilari olimpiada nizomiga muvofiq o‘zlari yaratgan mashina va robotlar bilan qatnashmoqdalar. Jarayon esa qiziqarli va shaffof  o‘tmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb