Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONALIK O‘QUVCHI XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBI BO‘LDI

18-yanvar 2025-yil
image

Joriy yilning 13-17-yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan ana’naviy Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

 Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi.

Unda o‘quvchilarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza,  jami 19 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Mazkur katta g‘alabada Dang‘ara tumanidagi DIUMI 11-sinfining iqtidorli o‘quvchisi Shavkatjonov Nozimjon Tursunali o‘g‘lining ham munosib hissasi bor.

Farg‘onalik o‘quvchi 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, "bronza" medali sohibi boʻldi.

 Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov 2024-yilning 24-dekabr kuni Nozimjon Shavkatjonov va uning ustozi bilan suhbatlashib, iqtidorli o‘quvchiga katta ishonch bildirib, omad tilagandi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb