Yangiliklar
Co‘x tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi zamonaviy tus oldi va imkoniyatlari yanada kengaydi
20-yanvar 2025-yil
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham ishtirok etdi.
Qisqa fursatlarda Investitsiya dasturi asosida tumanning "G‘aznov" MFY hududida joylashgan 21-maktabi uchun uch miliard 50 million so‘mdan ziyod davlat mablag‘ evaziga 240 o‘rinli yangi zamonaviy o‘quv binosi bunyod etilib, ta’lim muassasaning mavjud 450 o‘rinli o‘quv binosi va ma’muriy xonalari mukammal ta’mirlandi.
Bugun mazkur bunyodkorlik ishlarini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, tuman hokimi va sektorlar rahbarlari, ta’lim sohasi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Ochilish tadbirida so‘z olgan viloyat hokimi Yurtboshimizning So‘xga va so‘xliklarga bo‘lgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rliklari natijasini tumanda bo‘layotgan katta ijobiy o‘zgarishlarda yaqqol his etish mumkinligi, ushbu zamonaviy tus olgan va imkoniyatlari yanada kengaygan ta’lim muassasasi ham bu katta e’tiborning bir mevasi ekanini qayd etdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.