Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
20-yanvar 2025-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Qayrag‘ochda 2-sinf o‘quvchisining nomusiga tajovuz bo‘ldimi?” mazmunda tarqatilgan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Rishton tumanidagi 10-maktabning 2-sinfida o‘qiydigan o‘quvchi 2-chorak ta’tili davrida otasiga tegishli bo‘lgan do‘konda yolg‘iz savdo qilayotgan davrda uning qarindoshi tomonidan nomaqbul harakatlar qilingan. Ushbu hodisa do‘konning kameralariga muhirlangan. Shu asosida o‘quvchining ota-onasi tomonidan IIBga xabar berilgan. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu o‘quvchining sinf rahbari bilan subatlashilganda o‘quvchi maktabda darslarga kelayotgani, uning psixologik holati va sog‘lig‘i yaxshiligini etirof etgan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan mazkur xabarda mazkur maktabda O.I. muqaddam sudlangan bo‘lishiga qaramay, vaqtincha direktor vazifasini bajarib kelgani, maktabda boshqa direktor doimiyga tayinlangani va kimlargadir bu lavozim uchun dollarda poralar berilgani ham iddao qilingan. O‘rganish davomida ushbu xabardagi iddaolar va vajlar o‘z asosini topmaganini ma’lum qilamiz.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!
Ma'lumki, Konstitutsiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Lekin tarqatilgan xabar orqali tuhmat qilish, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatish bilan kimningdir qadri, yo obro‘siga putur yetkazish ma'muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o'rnatilgan.
Tashvishlanarlisi, keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi hech bir dalil va asosga ega bo'lmagan gap-so'zlarning bolalayotganidir.
Agar siz rostdan qonun va amaldagi tartibni buzilishiga qarshimisiz, marhamat, aniq dalil va isbotlari bilan o'z fikringizni bayon qiling.
Shuningdek, tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga rasmiy murojaat qilsangiz ayni muddao bo'lur edi...
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.