Yangiliklar
"O'smirlik davridagi muammolarni bartaraf etish"
20-yanvar 2025-yil
Oltiariq tumanidagi 12-maktab psixologi Dilafruzxon Nishonova va 10-maktab psixologi Huriyatxon Umarova tomonidan yuqoridagi mavzuda koreksion mashg'ulot o'tkazildi.
Treningda art terapiya, "Baxtiyor damlar", "Salbiy va ijobiy tomonlarim" mashqlaridan va qiziqarli o'yinlardan foydalanildi.
O'smirlik davridagi muammolarni bartaraf etish, o‘smirning o'zidagi ishonchni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbir barchaga manzur bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.