Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Kiyinish etikasi – ma’naviyatimiz poydevori

21-yanvar 2025-yil
image

Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir.

Kiyinish etikasi qoidalarining asosiy maqsadi – muassasa xodimlarining kiyinish madaniyati, tashqi ko‘rinishi, yurish-turishini odob-axloq qonun-qoidalariga mos keltirish orqali fuqarolarning davlat idorasiga bo‘lgan hurmat va ishonchini va ish samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lishi zarur.

Mas’ul xodim birinchi navbatda, o‘zi mehnat qilayotgan idorasining obro‘sini saqlashi, shu tashkilot manfaatlari uchun qayg‘urishi lozim.

Bunday lavozimda faoliyat ko‘rsatadigan xodimlarning tashqi ko‘rinishi, kiyinish uslubi odmi hamda ish uslubiga monand bo‘lishi muhim.

Avvalo kiyim toza, dazmollangan, atrofdagilarni o‘ziga jalb qiladigan turli xildagi bezaklarsiz bo‘lishi lozim...

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb