Yangiliklar
AL-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning Buvayda tuman bosqichida 2-VIDUMI o‘quvchilari g‘olib bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdila
9-mart 2023-yil
AL-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning Buvayda tuman bosqichida 2-VIDUMI o‘quvchilari g‘olib bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdila
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash vazifasi belgilangan.
Yuqoridagi qarorda keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazilgan AL-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning Buvayda tuman bosqichida 2-VIDUMIning 8-sinf o‘quvchilari Nabiyev Alisherbek kimyo fanidan, Mashrabov Rahimnazar fizika fanidan g‘olib bo‘lib viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.